BYOMA Melting Balm Cleanser (tozalovchi balzam)

Og'irligi: 60g

60g

Tavsif

Yumshoq va eruvchan tozalovchi balzam bo‘lib, hatto eng chidamli makiyaj, SPF va kirlarni samarali eritadi hamda Barrier Lipid Complex yordamida teri to‘sig‘ini mustahkamlaydi.

Zaytun mevasi, chakanda va uzum urug‘i yog‘lari terini oziqlantiradi va namlaydi, poralarni berkitmaydi va yog‘li qatlam qoldirmaydi.

Niasinamidli formula terini muvozanatlashtirish va yog‘ ajralishini nazorat qilishga yordam beradi.

Teri bilan aloqa qilganda yog‘ga aylanadi va terini toza, silliq va yumshoq qiladi.

 

Afzalliklari

• Makiyaj, SPF va kirlarni samarali tozalaydi

• Terni chuqur namlaydi va himoya qiladi

• Poralarni berkitmaydi

• Yog‘ ajralishini nazorat qiladi

• Balzamdan yog‘ga aylanadigan tekstura

• Dermatologlar tomonidan sinovdan o‘tgan

• Spirt va xushbo‘y moddalarsiz

• Vegan va cruelty-free

 

Qo‘llash usuli

Quruq teriga oz miqdorda surtib, aylana harakatlar bilan massaj qiling. Iliq suv qo‘shib emulsiyalang va yaxshilab yuvib tashlang. Keyin ikkinchi tozalovchi vosita bilan davom eting.